Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita - bu belgilangan standartlashtirish obyektlari yoki faoliyat sohalari uchun standartlarni ishlab chiqish va davlat texnik jihatdan tartibga solish tizimini yaratishda ishtirok etish uchun manfaatdor tashkilotlar va organlar oʻrtasidagi hamkorlik shakli. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar standartlashtirish sohasidagi davlat siyosatini shakllantirish boʻyicha takliflar tayyorlashda ishtirok etadilar.
Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar tashkil etish va ularning tarkibini shakllantirish standartlashtirish sohasidagi davlat ijroiya organi tomonidan amalga oshiriladi.
Texnik qoʻmita o‘z ishida:
-
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga;
-
-
O‘zbekiston Respublikasi a’zo bo‘lgan standartlashtirish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning hujjatlariga;
-
-
O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilgan standartlashtirish sohasidagi xalqaro shartnomalar va bitimlarga;
-
-
O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita to‘g‘risidagi nizomga amal qiladi.
Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar standartlashtirish sohasidagi davlat ijroiya organi tomonidan belgilangan tartibda xalqaro standartlar, mintaqaviy standartlar, davlatlararo standartlar, milliy standartlarni ishlab chiqishda ishtirok etadilar.
Texnik qoʻmitaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-
standartlashtirish tizimlarining faoliyatini va rivojlanishini ta’minlashda qatnashish, xalqaro standartlarni qo‘llash asosida uni xalqaro, davlatlararo tizimlar bilan uyg‘unlashtirish;
-
-
standartlarni ishlab chiqish, qabul qilish, qayta ko‘rib chiqishda ilg‘or xorijiy tajribani joriy qilish yo‘li bilan, shu jumladan, ularda an’anaviy texnologiyalarning oldinda boruvchi imkoniyatlarini, istiqbolga dastlabki talablarni belgilashni hisobga olgan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobatdoshligi oshirilishini ta’minlashda ishtirok etish.
Texnik qoʻmita ishiga qoʻmita raisi rahbarlik qiladi, tashkiliy-texnik vazifalarni esa masʼul kotib va kotibiyat amalga oshiradi. Texnik qoʻmita faoliyati milliy standartlarning sifat darajasini oshirishga, mahalliy mahsulotlarning ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini taʼminlash uchun ularni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga, shuningdek, xorijiy davlatlar bilan mahsulotlar (texnologiyalar, xizmatlar) savdosidagi texnik toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan.