Oʻz DST ISO 9001:2015 sertifikatining asosiy maqsadlaridan biri xizmat koʻrsatish darajasidan mijozlarning qanoatlanishini oshirishdir. Shu munosabat bilan mehmonxona sanoatida ishlaydigan xodimlarga qoʻyiladigan talablar sezilarli darajada oshadi. Standart boʻyicha sertifikatlashtirish nafaqat korxonani boshqarish tizimini soddalashtirish va uni yanada samarali qilish, balki iqtisodiy samara olish imkonini ham beradi.

“Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tarkibidagi menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi Toshkent shahrida joylashgan “Shamsan” mehmonxonasida Oʻz DSt ISO 9001:2015 standarti boʻyicha sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirishni amalga oshirdi. Yuqori rahbariyat va xodimlar sertifikatlashtirish auditidan muvaffaqiyatli oʻtib, yuqori sifat va xalqaro standartga muvofiqligini namoyish etdilar.

O‘z DSt ISO 9001:2015 standartini sertifikatlash orqali mehmonxona mijozlarning ehtiyojlari va talablarini eng yaxshi tarzda qondiradi. Iste’molchi uchun bu ularga koʻrsatilayotgan xizmatlar standartlarga javob berishiga ishonch hosil qiladi, bu esa olingan sertifikat bilan tasdiqlanadi, mehmonxona biznesi sohasidagi tashkilot uchun esa bu mijozlarga raqobatchilariga nisbatan afzalliklarini namoyish etishdir, chunki ular uchun oʻz kutganlariga mos keladigan xizmatlarni olish juda muhimdir.

