“Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUKning (keyingi oʻrinlarda – Markaz) tegishli qaroriga binoan “TOSH TRAVEL PRODUKT” MChJga qarashli “Garnet Mir Hotel” mehmonxonasiga 3 yulduz toifasi berildi. Mehmonxonada Markaz mutaxassislari tomonidan O‘z MSt 125:2024 “Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Balli tasniflash tizimi” milliy standarti talablariga muvofiq tasniflash ishlari olib borildi.
Zamonaviy va qulay mehmonxona 50 ta nomerdan iborat bo‘lib 99 kishini qabul qilishga mo‘ljallangan. Nomerlar qulay va shiman mebel hamda inventarlar bilan jihozlangan. Nomerdagi sanuzel sanitariya jihozlari, kerakli gigiyenik va yuvinish vositalari bilan ta’minlangan.
Mehmoxonada mehmonlar dam olib sogʻliqlarini tiklashlari uchun sauna, dam olish xonasi, trenajor zali mavjud. Shuningdek mehmonxonada faoliyat yuritayotgan restoran va lounge bar mehmonlarga oʻzining mazali taomlarini taklif qiladi.
Mehmonxona Wi-Fi simsiz internet tarmog‘iga ulangan. Mehmonlarga qulaylik yaratish maqsadida elektromobillar va boshqa turdagi elektrotransport uchun quvvatlash stansiyasi mavjud. Mehmonxona zamonaviy jihozlangan bo‘lib sifatli dam olish uchun barcha zarur sharoitlarga ega.

