O‘z DSt ISO 22000:2019 standarti oziq-ovqat zanjiridagi ishtirokchi tashkilotlarga, ularning hajmidan qat'iy nazar yordam berishlari, o‘zlarining bozor segmentlarini aniq egallashlari va uning chegaralarini muvaffaqiyatli kengaytirishlari hamda manfaatdor tomonlarning, shu jumladan, tashkilot mijozlarining talablarini qondirishlari uchun mo‘ljallangan.
Ushbu standart HACCP (Hazard Analysis and Critical Control Points - xavfli omillar va tanqidiy nazorat nuqtalarining tahlili), shu jumladan, ularni qo‘llash bo‘yicha chora-tadbirlar tamoyillariga asoslanadi va boshqa ISO standartlari, masalan, ISO 9001:2015 bilan uyg‘unlashtirilgan.
So‘nggi yillarda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va aylanish jarayonida kelib chiqishi fizik, kimyoviy yoki biologik xavfli bo‘lgan omillar bilan zaharlanish xavfi ayniqsa keskin oshdi.
Oziq-ovqat xavfsizligini samarali boshqarish uchun tobora ko‘proq tashkilotlar HACCP tizimidan muvaffaqiyatli foydalanmoqdalar, undan foydalanish isteʻmolchilar uchun sotib olingan mahsulotlarning xavfsizligiga bo‘lgan ishonchning sinonimidir.
HACCP tizimi xavfli omillarning paydo bo‘lishi yoki rivojlanishining oldini olish bo‘yicha nazorat choralarini amalga oshirishga, mahsulot zanjirining barcha bosqichlarida ularning paydo bo‘lish sabablarini boshqarishga qaratilgan.
Shunday qilib, oziq-ovqat zanjirining muayyan tashkilotlarida risk menejmenti orqali O‘z DSt ISO 22000:2019 standarti yakuniy iste’molchi uchun oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaydi.
Samarali oziq-ovqat xavfsizligi tizimini tashkilotning umumiy boshqaruviga kiritish nafaqat tashkilotning o‘ziga, balki barcha manfaatdor tomonlarga maksimal foyda keltiradi.
Tashkilotning nafaqat joriy qilingan, balki sertifikatlangan boshqaruv tizimiga ega bo‘lishi qo‘shimcha afzalliklarni beradi: hamkorlar tomonidan amalga oshirilgan tizimning samaradorligini tan olish uchun imidj va asosni takomillashtirish, xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyati, investitsiyalarni ko‘paytirish.