Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan xodimlar, xizmat ko‘rsatish, tadbirlar, ko‘ngilochar tadbirlar, xavfsizlik va muhofaza, texnik xizmat ko‘rsatish, tozalik, ta’minotni boshqarish va mehmonlarning qanoatlanishiga nisbatan mehmonxonalar uchun tavsiyalarni o‘z ichiga oluvchi ISO 22483:2020 xalqaro standarti ishlab chiqilgan bo‘lib ushbu standart respublikamizda ham amal qilishi uchun Oʻz DSt 22483:2022 davlat standarti sifatida qabul qilingan.
Mazkur davlat standartida joylashtirish vositalarining ro‘yhatga olish xizmatini tashkil qilishda quyidagilar tavsiya qilinadi.
a) agar mehmon umumlashgan hisobni so‘ramasa, hisobda foydalaniladigan konsepsiyalar yoki xizmatlar va narxlar to‘g‘risida kunlik batafsil ma’lumotlar bo‘lishi kerak;
b) talabga ko‘ra nomerlarni egallagan mehmonlar, hisob boshqa nomga berilgan bo‘lsa ham, identifikatsiya qilinadilar;
s) hisoblarni berish va to‘lovni olish tez va ishonchli amalga oshirilishi kerak;
d) mehmonxona tomonidan taklif qilinadigan bepul xizmatlar belgilanishi kerak;
e) mehmonxona kech ketishni taklif qiladigan va/yoki qabul qiladigan holatlar va shartlar belgilanishi kerak;
f) mehmonga bagajni saqlash xizmati to‘g‘risida ma’lumot berish. Mehmonxona quyidagi talablarga muvofiq bagajni saqlash xizmatini taklif qiladi:
a) bagajni saqlash uchun maxsus hudud bo‘lishi va unga kirish vakolatli shaxslar tomonidan cheklangan bo‘lishi kerak;
b) saqlash kamerasiga topshirilgan, alohida mehmonlarga tegishli bo‘lgan barcha bagaj o‘zining qonuniy egasiga qaytarilishini kafolatlash uchun aniq identifikatsiya qilinishi (kvitansiya yoki boshqa tizim yordamida) kerak;
c) bagaj saqlash uchun qanday holatda topshirilgan bo‘lsa o‘sha holatda qaytarilishi kerak. Mehmonxona bagajni tashish xizmatini taklif qilishi mumkin.
Bu hollarda mehmonxona ushbu xizmat qanday taqdim qilinishini (ya’ni xizmat ko‘rsatish vaqti, xizmatni qanday talab qilish) belgilashi va mehmonlarga xabar berishi kerak.
Har qaysi holda ham transportda tashish uchun jihoz toza va yaxshi holatda bo‘lishi kerak. Ushbu davlat standarti bilan tourquality.uz sayti orqali tanishishingiz mumkin. bu maqolaga nom ber.

