Menejment tizimida oʻzgartishlar (keyingi o‘rinlarda MT) yangi hujjatlashtirilgan protseduralarni ishlab chiqish, mavjud MT hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, kompaniyaning tashkiliy va shtat tuzilishini optimallashtirish, MTning yangi jarayonlarini aniqlash va boshqalar bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.
Tashkilot sifat menejmenti tizimida oʻzgartishlar zarur deb aniqlagan joylarda ushbu oʻzgartishlar reja asosida amalga oshirilishi kerak. Tashkilot quyidagilarni koʻrib chiqishi kerak:
a) kiritilayotgan oʻzgartishdan maqsad va uni kiritishning kutilishi mumkin boʻlgan natijalari;
MT oʻzgatrishini rejalashtirishdan oldin uning maqsadini, yaʻni, bu oʻzgartish bilan nimaga erishmoqchi ekanligimizni koʻrib chiqish kerak. Bunday maqsadlar, masalan, jarayonning samaradorligini oshirish, kadrlar almashinuvini kamaytirish, mahsulot va xizmatlar sifatini ta’minlash, xodimlarning malakasini ta’minlash, jarayonlarning ishlashi uchun muhitni yaxshilash va boshqalar boʻlishi mumkin.
b) sifat menejmenti tizimining butunligi;
MTga oʻzgartish kiritishda ushbu oʻzgartishning MTning boshqa elementlariga ta’sirini tahlil qilish kerak. Kiritilgan oʻzgarishlar MTga salbiy ta’sir koʻrsatmasligi kerak.
c) resurslarning foydalanishga osonligi;
Amalga oshirilayotgan har qanday oʻzgartish quyidagi resurslarni sarflashni talab qiladi: moliyaviy, inson, vaqtinchalik, infratuzilma. Oʻzgartishlarni rejalashtirishda kerakli resurslar va ularning mavjudligini ta’minlash kerak. Masalan, hujjatga oʻzgartishlar kiritish uchun tegishli xodimlar va vaqt talab etiladi.
d) majburiyatlar, javobgarlik va vakolatlarning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi.
Amalga oshirilayotgan har qanday oʻzgartish tegishli xodimlarning faoliyatiga ta’sir qiladi, shu bilan birga xodimlarga majburiyatlar, vakolatlar va javobgarlik berilishi mumkin, majburiyatlar, vakolatlar va javobgarlik oʻzgarishi mumkin, shuningdek ushbu vazifalar, vakolatlar va javobgarlik bilan taʻminlangan mansabdor shaxslar ham. Shuning uchun MTga oʻzgartirishlar kiritishda majburiyatlar, javobgarlik va vakolatlarni taqsimlash yoki qayta taqsimlashni hisobga olish kerak.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda aytish mumkinki, MTdagi oʻzgartishlarni rejalashtirish kerak. Rejalarda yuqoridagi toʻrtta muhim fikrni hisobga olish talab qilinadi, shundagina muvaffaqiyatga erishish va barqaror natijalarga erishish mumkin. Agar kompaniya aslida standart talablariga javob bersa va doimiy yaxshilanishga intilsa, albatta oʻzgartishlar kerak boʻladi.

