Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan xodimlar, xizmat ko‘rsatish, tadbirlar, ko‘ngilochar tadbirlar, xavfsizlik va muhofaza, texnik xizmat ko‘rsatish, tozalik, ta’minotni boshqarish va mehmonlarning qanoatlanishiga nisbatan mehmonxonalar uchun tavsiyalarni o‘z ichiga oluvchi ISO 22483:2020 xalqaro standarti ishlab chiqilgan bo‘lib ushbu standart respublikamizda ham amal qilishi uchun Oʻz DSt 22483:2022 davlat standarti sifatida qabul qilingan.
Mazkur davlat standartida joylashtirish vositalarining ro‘yhatga olish xizmatini tashkil qilishda quyidagilar tavsiya qilinadi.
Ro‘yhatga olish xizmatida quyidagi talablar bajarilishi lozim:
a) ro‘yxatga olish xodimi qabul qilishning boshqa majburiyatlariga qaraganda mehmon bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga kirishishni afzalroq ko‘rishi kerak;
b) ro‘yxatga olish maksimal darajada tez bo‘lishi kerak. Mehmonga quyidagi ma’lumotlar beriladi:
- o‘zining nomerini qanday topish mumkin va eng zarur sharoitlar;
- noodatiy holatlar (masalan, ishlar, jadvaldagi yoki xizmatlardagi cheklovlar);
- talabga ko‘ra qo‘shimcha xizmatlar va narxlar (maxfiy tariflardan tashqari);
- ketishni ro‘yxatga olishning eng kech vaqti soat 00:00 dan oldin bo‘lmasligi kerak;
- agar avtoturargoh xizmati taklif qilinadigan bo‘lsa foydalanishning tegishli ko‘rsatmalari va shartlari;
s) mehmonxona mehmonlar kelishi bilan ularni ro‘yxatdan o‘tkazadi;
Izoh. Ba’zi mamlakatlarda u yoki bu shakldagi shaxsiy guvohnoma talab qilinishi mumkin, masalan shaxsiy guvohnoma, pasport yoki haydovchilik guvohnomasi.
d) mehmon buyurtma qilgan xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mehmonni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida kelishilishi kerak;
e) mehmon joylashgunga qadar mehmonxona bagajni saqlash xizmatini taklif qilishi kerak;
f) agar kelish vaqtidan keyin nomer bo‘sh bo‘lmasa, mehmonxona nomerni bronlagan mehmonlarga xushmuomala xizmat ko‘rsatishni taklif qiladilar;
g) bir vaqtning o‘zida guruhlarning ommaviy kelishi yoki ommaviy individual kelishlarda xizmatni to‘xtatmaslik va ishni tezlashtirish uchun guruhlar uchun maxsus ro‘yxatga olish maydonini tayyorlash zarur.
Ushbu davlat standarti bilan https://tourquality.uz/uz/ sayti orqali tanishishingiz mumkin.

