“Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tarkibidagi Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi oʻz faoliyatini boshlagandan beri ISO standartlari va ushbu standartlar bo‘yicha menejment tizimlarini sertifikatlashtirishning mazmun-mohiyati va afzalliklari to‘g‘risida qariyb 100 tadan ziyod joylashtirish vositalarida tashviqot-targʻibot ishlari olib bordi.
Natijada O‘z DSt ISO 9001:2015 standarti boʻyicha 45 ta va O‘z DSt ISO 22000:2019 standarti boʻyicha 10 ta joylashtirish vositalarida menejment tizimlarini sertifikatlashtirish auditlari oʻtkazildi hamda muvofiqlik sertifikatlari topshirildi. Jumladan, O‘z DSt ISO 9001:2015 standarti boʻyicha 45 ta sertifikatlashtirilgan joylashtirish vositalaridan 16 tasi yulduz toifasiga ega hamda “Panarams Tashkent Hotel”, “Le Grande Plaza”, “Radisson Blu Hotel Tashkent” va “Sahid Zarafshan” kabi brend mehmonxonalar sertifikatlashtirildi.
Joriy davrgacha 2023-2024-yillar uchun tasdiqlangan joylashtirish vositalarida sertifikatlashtirilgan menejment tizimlari ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish rejalariga asosan 27 ta mehmonxonada inspeksiya nazoratlari oʻtkazildi va
O‘z DSt ISO 9001:2015 davlat standarti talablariga muvofiq deb topildi.
Hozirda Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organiga joylashtirish vositalaridan O‘z DSt ISO 9001:2015 va O‘z DSt ISO 22000:2019 standartlari boʻyicha arizalar kelib tushdi va sertifikatlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, joylashtirish vositalarida xalqaro standart talablariga asoslangan holda menejment tizimlarini sertifikatlashtirishga bo‘lgan talab yanada ortib bormoqda.