“Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tarkibidagi Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi tomonidan O‘z DSt ISO 9001:2015 “Sifat menejmenti tizimlari. Talablar” standarti bo‘yicha “Konstantin”, “Konstantin Plaza”, “Orient Star Khiva” va “Antalya Grand Palace” mehmonxonalarida, hamda “Usmon Ota” dam olish zonasida sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish amalga oshirildi.
“Konstantin” va “Konstantin Plaza” mehmonxonalari Samarqand shahrida joylashgan. Mehmonxonalarda yopiq va ochiq basseynlar, zamonaviy trenajyorlar bilan jihozlangan zal, restoran, mavsumiy ochiq basseyn, fitnes markazi va sog'lomlashtirish markazi mavjud. Hududda bogʻ mavjud boʻlib, mehmonlar barga tashrif buyurib, umumiy zalda dam olishlari mumkin.
“Orient Star Khiva” mehmonxonasi Xiva shahridagi tarixiy binoda joylashgan. Bu sifat, qulaylik va tarixiy muhitning yaxshi mujassamlashuvidir.
“Antalya Grand Palace” mehmonxonalari Urganch shahrida joylashgan. Ushbu yangi mehmonxonada restoran, konferentsiya zali, yopiq basseyn va fitnes markazi ham mavjud.
"Usmon Ota" dam olish zonasi Toshkent viloyatida joylashgan. Dam olish maskanida baliq ovlash uchun 3 ta koʻl, 2 ta ochiq basseyn, chiroyli bogʻ, shuningdek, ochiq oshxona va bar mavjud.
Shunday qilib, O‘z DSt ISO 9001:2015 standartini sertifikatlashtirish natijasida quyidagilarga erishish mumkin. Jumladan:
-
mehmonxonada doimiy yuqori xizmat sifatini kafolatlash;
-
-
xizmat ko‘rsatish sifati ustidan muntazam nazoratni ta’minlash;
-
-
mehmonlarning istaklari, da’volari va sharhlariga o‘z vaqtida javob berish;
-
-
tashkilotning raqobatbardoshligini, obro‘sini hamda iste’molchilarning ishonchini oshirish va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatishdagi xavf-xatarni minimallashtish.
Bu esa joylashtirish vositalarida samarali ishlaydigan boshqaruv tizimini mavjudligini namoyon etadi.