O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qarori bilan tasdiqlangan “Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risida nizom” ga muvofiq turizm obyektlarida turizm sohasida ma’lumotga va/yoki malaka sertifikatlariga ega xodimlar bo‘lishi lozim.
Ma’lumki, malaka sertifikatlari o‘quv markazlari tomonidan taqdim etiladi. O‘quv markazlari malaka oshirish va sertifikat berish uchun vakolatli davlat organidan tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lishi lozim.
Tadbirkorlik subyektlari joylashtirish xizmatini ko‘rsatish uchun, ya’ni mehmonxona tashkil qilish uchun turizm sohasida ma’lumotga yoki malaka sertifikatiga ega quyidagi mutaxassislarni doimiy ravishda ishga qabul qilishlari lozim (kamida bittadan):
-
menejer (rahbar, boshqaruvchi) yoki ma’mur;
-
-
mehmonxona xodimasi;
-
-
oshpaz va ofitsiant (ovqat taqdim qilinganda).
Bundan tashqari, joylashtirish vositasining har bir lavozimiga lavozim yo‘riqnomasi ishlab chiqilishi va xodimlar tanishtirilgan bo‘lishi lozim.
Joylashtirish vositasi xodimlariga ishga qabul qilish vaqtida hamda yilda bir marta turizm sohasida va egallab turgan lavozimiga binoan ma’lumotga yoki malakaga sertifikatiga ega xodimlar tomonidan trening o‘tkazib turishlari lozim.
Joylashtirish vositasi xodimlari favqulodda holatlarda harakat qilishni bilishlari kerak.