Sifat sohasidagi maqsadlar - bu sifat siyosatiga muvofiq kompaniyani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga erishish boʻyicha aniq chora-tadbirlardir. Bular birma-bir shakllantirilgan, ularni amalga oshirish uchun sarflanishi kerak boʻlgan resurslar nuqtai nazaridan hisoblangan bosqichma-bosqich strategik vazifalardir.
Tashkilot sifat menejmenti tizimi uchun zarur boʻlgan tegishli vazifalar, darajalar va jarayonlar uchun sifat sohasidagi maqsadlarni belgilashi kerak.
Sifat sohasidagi maqsadlar quyidagicha boʻlishi lozim:
a) sifat sohasi siyosati bilan muvofiqlashtirilgan boʻlishi;
b) oʻlchash mumkin boʻlishi;
c) amaldagi talablarni hisobga olishi;
d) mahsulot va xizmatlarning muvofiqligini ta’minlash va iste’molchilarning qoniqishini oshirish bilan bogʻliq boʻlishi;
e) monitoring qilinishi;
f) xodimlarga etkazilgan boʻlishi;
g) lozim boʻlganda aktualizatsiya qilish.
Maqsadlar aniq, ammo “moslashuvchan” boʻlishi kerak. Rejalarni amalga oshirish jarayonida koʻp narsa oʻzgarishi mumkin. Maqsadlarga erishish uchun dastlabki shartlar tasdiqlanmasligi yoki bajarib boʻlmasligi mumkin. Shuning uchun, maqsadlarni belgilashda sifat sohasidagi maqsadlarni qayta koʻrib chiqish va yangilash bosqichlarini ta’minlash kerak.
Sifat sohasidagi maqsadlar vaqtga bogʻliq boʻlganligi sababli, ushbu maqsadlar tashkilotning strategik maqsadlarining bir qismi boʻlishi, taktik maqsadlarni tuzishi va operatsion maqsadlar boʻlishi mumkin. Sifat sohasidagi maqsadlar, qoidaga muvofiq, bir yil muddatga belgilanadi.

