Sifat menejmenti tizimi (SMT) - bu ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va koʻrsatilayotgan xizmatlarning barqaror sifatini ta’minlash maqsadida ishlaydigan kompaniyaning umumiy boshqaruv tizimining bir qismi hisoblanadi.
Sifat menejmenti tizimining auditi (SMT) – bu uni baholash faoliyatidir. Sifat menejmenti tizimini baholash standart talablariga yoki tashkilotning ichki qoidalariga muvofiqligi uchun amalga oshiriladi. Natijada auditorlik mezonlari bilan bogʻliq ma’lumotlar shaklida dalillar olinadi.
SMT auditining turlari:
- ichki audit tashkilot auditorlari tomonidan amalga oshiriladi. Amaldagi sifat menejmenti tizimini baholash uchun ishlatiladi, bu birinchi tomonning auditi;
- mustaqil tashkilotlar SMT tashqi auditini oʻtkazadilar;
- dastlabki audit SMTni ishlab chiqish, amalga oshirish yoki tizimning hozirgi holatini baholash bosqichlarida amalga oshiriladi. Ushbu audit uchinchi tomon tomonidan amalga oshiriladi;
- sertifikatlash auditi 2 bosqichni oʻz ichiga oladi:
ü 1-bosqich - tayyorgarlikni baholash auditi, bu SMT holatini tahlil qilish va muammoli joylarni aniqlash imkonini beradi;
ü 2-bosqich - SMTning rejalashtirilgan natijalarga erishish qobiliyatini baholashdir;
- sifat menejmenti tizimini qayta sertifikatlash auditi sertifikatlashdan 3 yil oʻtgach amalga oshiriladi;
- masofaviy audit masofadan turib amalga oshiriladi;
- SMT sohasini kengaytirish boʻyicha audit nazorat auditi bilan birgalikda oʻtkazilishi mumkin;
- rejadan tashqari audit muhim oʻzgarishlar, hodisalar, shikoyatlar yoki boshqa noodatiy holatlar boʻyicha amalga oshiriladi;
- e’lon qilinmagan audit ogohlantirishsiz amalga oshiriladi, ya’ni auditor obyektda ma’lum vaqt davomida ogohlantirishsiz kirib keladi;
- kombinatsiyalangan (kompleks) SMT auditi bitta tashkilot doirasida alohida mavjud boshqaruv tizimlari uchun amalga oshiriladi;
- integratsiyalashgan audit 2 yoki undan ortiq standartlarni birlashtirgan tashkilotning integratsiyalashgan menejment tizimi uchun amalga oshiriladi.
Audit jarayonlar va boshqaruvni takomillashtirish boʻyicha qimmatli mulohazalar va tavsiyalar beradi, shuningdek, qonunchilik va standartlarga muvofiqligini ta’minlaydi. Qoidalar va me’yorlarga rioya qilish tadbirkorlik faoliyatining ajralmas qismidir.

