Eko-mehmonxona yoki yashil mehmonxona – bu ekologik barqaror mehmonxona yoki turar joy bo‘lib, uning tuzilmasiga tabiiy muhitga ta’sirni kamaytirish maqsadida ekologik jihatdan takomillashtirilgan muhim o‘zgarishlar kiritilgan. Eko-mehmonxonaning asosiy tushunchasi - bu yashil hayot tamoyillariga amal qilinadigan ekologik mas'uliyatli turar joy.
Odatda, eko-mehmonxona quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:
-
Tabiiy muhitga bog‘liqlik
-
-
Ekologik barqarorlik
-
-
Tabiatni asrashga qo‘shilgan aniq hissa
-
-
Ekologik ta'lim dasturlarini ta'minlash
-
-
Madaniy jihatlarni hisobga olish
-
-
Hamjamiyatga iqtisodiy manfaatdorlik keltirish
Ekologik toza mehmonxonalar o‘z mehmonlarining xavfsiz, zararsiz va energosamarador xonalarda istiqomat qilishlarini kafolatlovchi ekologik tavsiyalarga qat’iy amal qiladilar. Ekologik toza mehmonxonaning ayrim asosiy xususiyatlari:
-
Mehmonxonani tozalash jarayonida zararsiz tozalash va yuvish vositalaridan foydalaniladi
-
-
Choyshablar, sochiqlar va matraslar 100 foiz tabiiy paxtadan tayyorlangan
-
-
Quyosh yoki shamol energiyasi kabi qayta tiklanuvchi energiya manbalari
-
-
Chiqindilarni kamaytirish uchun alohida paketlar o'rniga organik sovun va hojatxona buyumlari to’plami
-
-
Mehmonxona xonalari va vestibyulida chiqindilar uchun qutilar
-
-
Sochiq va choyshablarni takroran ishlatish (yuvish uchun suv sarfini kamaytirish maqsadida mehmonlar ularning almashtirmaslikni so’rashlari mumkin)
-
-
Energiya tejamkor yoritish tizimi
-
-
Mehmonxona hududida ekologik toza transport vositalaridan foydalanish
-
-
Mahalliy mahsulotlardan tayyorlangan tabiiy taomlarni taklif qilish
-
-
Bir marotaba ishlatiladigan idishlar
-
-
Toza havo aylanishi tizimining mavjudligi
-
-
Chiqindi suvlarini tozalash tizimining mavjudligi – idish-tovoq yuvish, yuvinish, kir yuvish, ekinlarni sug’orish va ko‘kalamzorlashtirish uchun suvni takroran ishlatish.