Sertifikatlashtirishni tasdiqlash vaqti-vaqti bilan arizachining menejment tizimlari uchun standart talablarini bajarishda davom etishiga ishonch hosil qilish uchun amalga oshiriladi.
Muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tasdiqlash rejalashtirilgan inspeksiya nazorati, qayta sertifikatlashtirish va maxsus auditlar orqali amalga oshiriladi.
Sertifikatlashtirilgangan menejment tizimini inspeksiya nazorati - bu menejment tizimining sertifikatlashda tasdiqlangan va belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlash uchun baholashdir.
Inspeksiya nazorati arizachining sertifikatlangan menejment tizimining sertifikat berilgan standartning muayyan talablariga muvofiqligini baholash maqsadida amalga oshiriladi. Inspeksiya nazoratini amalga oshirishda sertifikatlangan mijoz va uning menejment tizimi bilan bogʻliq oʻzgarishlar hisobga olinadi.
Qayta sertifikatlashtirish – umuman menejment tizimining muvofiqligi va samaradorligini, shuningdek sertifikatlashtirish sohasida uning doimiy muvofiqligini tasdiqlash uchun qayta baholash hisoblanadi.
Maxsus auditlar sertifikatlashtirish sohasini kengaytirish yoki rejadan tashqari inspeksiya nazoratini amalga oshirish maqsadida oʻtkaziladi. Rejadan tashqari inspeksiya nazorati arizachining tashkiliy tuzilmasi oʻzgargan taqdirda yoki tashkilotning menejment tizimida ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlar sifatiga ta’sir qilishi mumkin boʻlgan boshqa oʻzgarishlar yuz berganda, shuningdek shikoyatlarni tekshirish yoki muvofiqlik sertifikati toʻxtatilgan taqdirda nazorat qilish uchun amalga oshiriladi.
Sertifikatlashtirishni tasdiqlashning asosiy vazifasi bozorda muvofiqlik sertifikati va belgisini qoʻllash shartlari va qoidalariga rioya qilish hamda me’yoriy-texnik hujjatlarga muvofiqligi, mahsulot va xizmatlar xavfsizligiga ta’sir qiluvchi koʻrsatmalar va boshqa hujjatlarga rioya qilish hisoblanadi.