Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish yo’nalishida.
Hisobot davrida 1 337 ta turizm obyektlari sertifikatlandi, jumladan 1 285 tasi joylashtirish vositalari, 52 tasi turoperatorlik xizmati.
37 ta mehmonxonaga “yulduz” toifasi berildi, jumladan:
2 ★ – 1 ta, 3 ★ – 24 ta, 4 ★ – 8 ta, 5 ★ – 4 ta.
Standartlashtirish yo’nalishida
“Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK Turizm sohasida STQ 4 “Turizm va madaniy meros” standartlashtirish bo‘yicha Texnik qo‘mitaning Ishchi organi hisoblanadi.
Hisobot davrida turizm yo‘nalishiga doir jami 16 ta texnik jihatdan tartibga solish sohasida (jumladan: Turizm axboroti va qabul qilish xizmatlari, Turoperatorlar va turagentlar, Plyaj faoliyatiga doir talablar va tavsiyalar, Joylashtirish vositalarining barqaror rivojlanishini boshqarish tizimi, Tibbiy turizm, Mehmonxonalar, sog‘lomlashtiruvchi spa-kurort, sanatoriy-kurortda davolashda xizmatlariga xizmatlariga doir talablar, Turizm va unga bog‘liq xizmatlar turlarida sanoat, tabiiy, madaniy va tarixiy joylarga tashrif buyurishda talablar va tavsiyalar kabi yo’nalishlarda) davlat va milliy standartlar ishlab chiqildi.
6 ta milliy standartlar loyihalari (Turizm va tegishli xizmatlarda talassoterapiya, Ekstremal turizmda barqarorlik uchun eng yaxshi amaliyotlar, Madaniy va tarixiy meros mehmonxonalarda uskunalar va xizmatlarga qo‘yiladigan talablar, An‘anaviy restoranlarda vizual jihatlar, dizayn va xizmatlar, Turistik xizmatlarni loyihalash va Ekologik turizm yo’nalishlarda) ishlab chiqish jarayonida.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tegishli buyrug’i bilan O‘z DSt 3220:2023 “Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Umumiy talablar” O‘zbekiston Respublikasining davlat standarti 2023-yil 11-noyabrdan O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga kiritildi.
Shuningdek, joylashtirish vositalarini balli asosda tasniflash (“yulduz” berish) tizimini belgilovchi O‘z MSt 125:2024 “Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Balli tasniflash tizimi” milliy standarti 2024-yil 28-martdan O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga kiritildi.
Shu qatorda sohaga oid standartlar boʻyicha taqdimot materiallari, videoroliklar tayyorlanib, markaz xodimlariga sohaga oid standartlar boʻyicha texnik oʻqishlar oʻtkazildi.
Menejment tizimlarini joriy qilish yo’nalishida
O‘zDSt ISO 9001 “Sifat menejmenti tizimi” hamda OʻzDSt ISO 22000 “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi menejmenti tizimlari. Oziq-ovqat mahsulotlari yaratish zanjirida ishtirok etuvchi tashkilotlarga qoʻyiladigan talablar” xalqaro standartlari asosida menejment tizimlarini sertifikatlashtirish amalga oshirilmoqda.
Hisobot davrida jami 45 ta joylashtirish vositalarida O‘zDSt ISO 9001 xalqaro standarti, 10 ta joylashtirish vositalarida OʻzDSt ISO 22000 xalqaro standarti asosida menejment tizimlari sertifikatlandi.
Sertifikatlangan obyektlarda inspeksiya nazoratini o‘tkazish yo’nalishida
Inspeksiya nazorati normativ hujjatlar talablariga sertifikatlashtirish obyektining muvofiqligini tasdiqlash maqsadida sertifikatning amal qilish muddati davrida 3-marta (har 1,5 yilda) o‘tkaziladi.
Hisobot davrida 1 631 ta turizm obyektlarida inspeksiya nazorati o‘tkazildi, shulardan 1605 tasi joylashtirish vositalari, 26 tasi turoperatorlik xizmati.
Sertifikatlashtirish talablariga rioya qilinmaganligi sababli (inspeksiya nazorati vaqtida aniqlangan nomuvofiqliklar bartaraf etilmaganligi, o‘z vaqtida to‘lov amalga oshirilmaganligi), shuningdek joylashtirish vositalari va turoperatorlarning faoliyatlarini to’xtatganligi va o‘z arizalariga ko‘ra 186 ta tashkilot (18 ta turoperator va 168 ta mehmonxona xizmatlari) sertifikatining amal qilishi tugatildi.
Shuningdek inspeksiya nazorati natijasiga ko’ra 88 ta joylashtirish vositalari qayta rasmiylashtirilgan, 13 ta joylashtirish vositalariga yotoqxona sifatida muvofiqlik sertifikati berilgan.
Xalqaro bronlash tizimlaridagi ma’lumotlar tahlili
Mehmonxona xizmati foydalanuvchilariga to‘g‘ri va asosli ma’lumot taqdim etilishini nazorat qilish maqsadida respublikadagi joylashtirish vositalarining xalqaro bronlash tizimlaridagi (www.booking.com, www.ostrovok.ru, www.mybooking.uz) ma’lumotlari tahlil qilib borilmoqda va aniqlangan asossiz ma’lumotlarni bartaraf qilish choralari ko‘rilmoqda.
Markaz tomonidan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga, Soliq qo’mitasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklarining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha hokimi o‘rinbosarlariga mazkur holatlar tahlili bo’yicha xat chiqarildi.
Xususan, joriy yilning 15-yanvar holatiga asossiz toifa qo'yganlar bo‘yicha 175 ta, sertifikatsiz hamda reyestrga kiritilmasdan faoliyat ko'rsatayotganlar bo‘yicha 234 ta, joylashtirish vositasi turini, nomini, manzilini noto'g'ri qo'yganlar bo‘yicha 49 ta, jami 458 ta holat aniqlandi.
Markaz mutaxassislari tegishli tashkilotlar bilan birgalikda olib borilgan ishlar natijasida 2024-yil 1-mart holatiga quyidagi natijalarga erishildi:
Asossiz toifa (yulduz) qo'yganlar bo‘yicha 69 ta, sertifikatsiz hamda reyestrga kiritilmasdan faoliyat ko'rsatayotganlar bo‘yicha 144 ta, joylashtirish vositasi turini, nomini, manzilini noto'g'ri qo'yganlar bo‘yicha 19 ta, jami 232 ta holat bartaraf etildi. 4 ta joylashtirish vositasi sertifikatlandi.
Joylashtirish vositalarining xalqaro bronlash tizimlaridagi ma’lumotlari tahlil qilish tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
Respublika miqyosida tashkil etilgan tadbirlardagi ishtirok etish yo’nalishida
“Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK respublika miqyosida tashkil etilayotgan milliy va xalqaro tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda (markaziy shtab, mehmonxonalar ro‘yxatini shakllantirish, tadbirga tayyorlash, mehmonlarni joylashtirish, mehmonxonalarda tun-kun navbatchilik tashkil qilish), Jumladan,
Samarqand shahrida 2022 yil 15-16 sentyabr kunlari “Shanxay hamkorlik sammit”;
Toshkent shahrida 2023-yil 27-28-aprel kunlari tashkil etilgan “Toshkent xalqaro investitsion forumi”;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini yangi tahrirda qabul qilish bo‘yicha 2023-yil 30-apreldagi referendumi;
2023-yil 9-iyulda bo‘lib o‘tgan Muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi;
Samarqand shahrida 2023-yil 1-avgustda tashkil etilgan “Oziq-ovqat xavfsizligi xalqaro forumi”;
Samarqand shahrida 2023-yil 16-20 oktyabr kunlari o’tkazilgan UNWTO Bosh assambleyasining 25-sessiyasi
Toshkent shahrida 2023-yil 9-10-noyabr kunlari “Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo Davlatlar Rahbarlarining navbatdagi o‘n oltinchi uchrashuvi” doirasida tashkil etilgan sammiti;
Samarqand shahrida 2023-yil 13-17-noyabr kunlari tashkil etilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho‘llanishga qarshi kurashish konvensiyasi tashkil etilgan markaziy shtab faoliyatida ishtirok etildi.
Xodimlarni malakasini oshirish yo’nalishida
“Sifat menejmenti tizimi asoslari va ISO 9001 xalqaro standarti bo‘yicha ichki audit”, ISO 14001 “Ekologik menejment tizimi”; O‘z Dst ISO 17021, O‘z Dst ISO 9001, O‘z Dst ISO 17065, “Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish” o‘quv kurslarida malaka oshirildi.
“Turistik xizmat ko‘rsatish sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish. Xalqaro va milliy tajriba” mavzusida texnik oqish tashkil etildi.
Texnik o‘quvlar yillik rejalari ishlab chiqilgan va rejaga asosan tashkil qilingan.
OAVda targ‘ibot-tashviqot ishlari
Turizm xizmatlarini sertifikatlash bo‘yicha yangiliklardan turizm sohasi tadbirkorlari va turizm xizmatlari foydalanuvchilarini o‘z vaqtida xabardor qilib borish maqsadida “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUKning rasmiy saytida (tourquality.uz) maqolalar, Rost24.uz, Xabardor.uz, daryo.uz, кун.уз, aniq.uz, Demockrat.uz, Darakchi.uz, Nuz.uz, Xabar.uz OAVlarida yangiliklar e’lon qilib boriladi, bundan tashqari ijtimoiy tarmoqlarda (facebook, instagram, telegram) rasmiy sahifalar, kanallar tashkil qilingan va Markaz faoliyatiga doir ma’lumotlar yoritib borilmoqda.