Modulli mehmonxonalar xalqaro bozorda ancha vaqtdan beri ma’lum boʻlgan mehmonxona turidir. Modulli mehmonxona - bu tayyor qurilish blok-konteynerlaridan yigʻilgan bino-konstruktor hisoblanadi. Bu qurilishning zamonaviy va tezkor usuli.
Bugungi kunda shahar tashqarisidagi mehmonxonalar uchun eng yaxshi qurilish variantlaridan biri bu har qanday oʻlchamdagi va maqsadli obyektlarni qurish uchun universal elementlari boʻlgan bittadan bir nechtagacha modullarni (bloklarni) oʻz ichiga olgan yigʻma konstruktsiya - modulli binolardir. Bunday modulli tuzilmalarni oʻrnatish oson va an’anaviy binolarga nisbatan ancha kam vaqt talab etiladi.
Bu poydevori boʻlmagan qurilish loyihasi boʻlib, karkas-modul texnologiyasidan foydalangan holda qurilgan, uni zarur boʻlganda joyidan boshqa joyga koʻchirish mumkin. Aslida, bu ma’lum bir joyda ma’lum bir muddat uchun oʻrnatilgan vaqtinchalik mehmonxona. Blok modullari asosida qurilgan mehmonxonalar odamlarni tezda joylashtirish va qulay yashash sharoitlarini yaratish imkonini beradi.
Modulli mehmonxonalar barcha qulayliklar bilan qurilgan va hatto sovuq mavsumda ham yil davomida yashash uchun mos keladi. Ularda barcha ichki muhandislik tizimlari va boshqa kommunikatsiyalar allaqachon mavjud boʻlib, ularni faqat oʻrnatish va tashqi tarmoqlarga ulash kerak xalos. Ular zavodda maksimal aniqlikda va barcha texnik reglamentlarga rioya qilgan holda yigʻiladi.
Mehmonxona loyihasi bir necha qavatlardan, har xil sonli xonalar va yordamchi binolardan iborat boʻlishi mumkin. Har bir modulli xona mehmonxona nomeridek jihozlangan boʻlib alohida hammom, konditsioner, isitish tizimi, televizor va telefonlar mavjud boʻladi. Bunday mehmonxonalar qulay va ishonchli boʻladi, shuning uchun mehmonlar oddiy mehmonxonalardan farqni sezmaydilar.