2024-yil mart oyi uchun inspeksiya nazorati rejasi tuzildi. Rejaga asosan respublikamizda faoliyat yuritayotgan 65 ta joylashtirish vositasida inspeksiya nazorati o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ning
49-bandiga asosan “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan sertifikatlashtirilgan xizmatlarni inspeksiya nazorati rejasi tasdiqlandi.
Inspeksiya nazorati sertifikatlashtirish obyektida (joylashtirish vositasi) sertifikatlashtirish vaqtida belgilangan normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida davriy qayta baholash hisoblanadi.
Inspeksiya nazoratida joylashtirish vositalari O‘z DSt 3220:2023 davlat standarti, toifaga ega mehmonxonalar esa O‘z DSt 3296:2023 davlat standarti talablariga muvofiqligi qayta baholanadi.
Inspeksiya nazorati yakuni bo‘yicha “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan standart talablariga mos kelmagan holatlarda joylashtirish vositalariga rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatini amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.